Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar

 Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar 

Quva tumanida
2025 yilgi paxta mavsumi uchun 5,500 gektar maydonga chigit ekilib, hozirda yuqori
hosildorlikni ta’minlash maqsadida kompleks agrotexnik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat
bilan xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi qator
fermer xo‘jaliklariga amaliy tashriflar uyushtirildi. Jumladan, Navoiy MMTP tarkibiga
kiruvchi “Umarova Mavlyuda Bo‘ston”, “Sodiqov Maxmudjon Barakasi”, “Shomurod Saxovati”,
“Mamajon”, “Maqsud Mansur Maxmud”, “Asadullo Axmadullo Oyatillo”, “Quva O‘lmasxon
Qabarova Saxovati” kabi fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Tashrif davomida
deputatlar tomonidan hosildorlik darajasi, agrotexnik talablarga amal qilinishi,
suv ta’minoti, mineral o‘g‘itlardan foydalanish holati, g‘o‘zada chekanka ishlari,
begona o‘tlarga qarshi kurash va mehnat jarayonlari batafsil o‘rganildi. 

Fermerlar bilan
muloqotlar jarayonida xo‘jalik rahbarlariga g‘o‘za parvarishi yuzasidan tegishli
tavsiyalar berildi, mavjud muammolar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish
bo‘yicha aniq muddatlar belgilab berildi.  

Slide 1 of 3