Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Deputat umumta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi.

Deputat umumta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxkamov Sobir Tuxtamishovich 2025–2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tumandagi 16-, 42- va 45-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u maktablarning sinf xonalari, o‘quv-laboratoriya jihozlari, sport zallari, kutubxona fondi hamda hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Yangi o‘quv yilini sifatli boshlash uchun amalga oshirilayotgan ta’mirlash va jihozlash jarayonlari muhokama qilindi.

Deputat, shuningdek, o‘qituvchilar va ma’muriyat vakillari bilan uchrashib, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflarni tingladi. O‘quvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ta’lim sifati kelgusida yanada yaxshilanishi uchun tegishli tavsiyalar berdi.

Bunday tashriflar ta’lim muassasalarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish va o‘quvchilar uchun qulay hamda zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4