Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Oltinsoy tumanida doimiy komissiya yig‘ilishida ijtimoiy xizmatlar faoliyati muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha Doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilish doirasida tumandagi ijtimoiy xizmatlar holati, ko‘rsatilayotgan yordamlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Yig‘ilishda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Oltinsoy tuman filiali direktori Nuriddinov Shamsiddin Rustamovich o‘z hisoboti bilan ishtirok etdi. Uning hisobotida tumandagi ehtiyojmand aholi qatlamlarini aniqlash, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va moddiy yordamlarni tashkil etish, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz keksalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan qator savol va takliflar bildirildi.
Jumladan, aholiga xizmat ko‘rsatishda shaffoflik va manzillilikni ta’minlash, murojaatlarga tezkorlik bilan javob berish, xizmatlar qamrovini kengaytirish va samaradorlikni oshirishga doir masalalar ko‘tarildi. 

Yig‘ilish davomida mutasaddi rahbar tomonidan barcha savollarga atroflicha javob berildi hamda kelgusida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligi ta’kidlandi. 

Doimiy komissiya yig‘ilishi yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli qaror va topshiriqlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 5