Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Deputatning mahalla yettiligi hamda fuqarolar bilan uchrashuvi

Chilonzor tumanidagi “Bek-To‘pi” hamda “Al-Xorazmiy” mahallasida mahalla yettiligi va faol fuqarolar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich ham ishtirok etdi va mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordi. Tadbirda aholini o‘ylantirayotgan bir qator dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan tumandagi elektr ta’minotida muntazam uzilishlar kuzatilayotgani, ko‘p qavatli uylar oldida piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘laklarga fuqarolar tomonidan shaxsiy avtotransport vositalarini qo‘yib ketish holatlari, mahalla hududida o‘sayotgan manzarali daraxtlarning parvarishsiz holatga kelib qolgani kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuv doirasida imkoniyati cheklangan, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasi ham keng muhokama qilindi. 

Slide 1 of 7