Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ BESHINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov boshchiligida “Nuroniylar va Ota-onalar Maslahat Kengashi”ning tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Nuroniylar Kengashi raisi, a’zolari, mahalla faollari, “Imom Ismoil Buxoriy” jome masjidi imomi, mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Kengash tarkibi shakllantirilib, a’zolar saylandi. Shuningdek, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi:

📍 “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan”

📍 “Nuroniylar – bizning jonli maktabimiz”

📍 “Sog‘lom turmush – sog‘lom jamiyat kafolati”

Yig‘ilishda, shuningdek, Muhtaram Prezidentimizning yaqinda Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga tashriflari davomida nuroniylarga yuklatilgan sharafli, ammo mas’uliyatli vazifalar ham muhokama qilinib, ushbu vazifalardan kelib chiqib amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi kelishib olindi.

Mahalla hayotida nuroniylarning o‘rni va tajribasi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4