Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”

 “Tinchlik va taraqqiyot avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi” Shavkat Mirziyoyev
Bugun Ozarbayjonning Xonkendi shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator aniq va amaliy tashabbuslar bilan ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari nutqida Afg‘onistonning mintaqaviy tinchlik va taraqqiyotdagi rolini e’tirof etib, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi notinch vaziyatlar barcha uchun umumiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.
Prezident tomonidan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
* “Hamkorlikning strategik maqsadlari 2035” konsepsiyasini qabul qilish;
* Toshkentda IXT savdo vazirlari uchrashuvini o‘tkazish;
* Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha “yashil yo‘laklar” tizimini yaratish;
* “Ekoinvest” uzoq muddatli dasturini yo‘lga qo‘yish;
* “Raqamli transport va bojxona idorasi”ni tashkil etish;
* Samarqandda “Milliy aviakompaniyalar forumi”ni o‘tkazish.
Ekologik xavflarga qarshi kurashish va logistika zanjirlarini barqarorlashtirish masalalari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Muxtaram Prezidentimizning nutqi IXT doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan, konstruktiv va aniq takliflarga boy bo‘ldi.  

Slide 1 of 1