Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Yoshlar parlamentiga ishonch — kelajak sari dadil qadam

Bugungi kunda Yoshlar parlamenti nafaqat maslahat organi, balki ijtimoiy faollik, fuqarolik mas’uliyati va yetakchilik salohiyatining amaliy maktabiga aylangan. Uning tarkibidagi yoshlar — o‘z g‘oyasi, tashabbusi va fuqarolik pozitsiyasi bilan ajralib turadigan yangi avlod vakillaridir. Davlat va jamiyatning yosh avlodga ishonch bilan qarashi, ularni dolzarb masalalarning yechimiga jalb etishi – bu kelajak taqdiriga mas’uliyat bilan yondashishdir. Yoshlar parlamentiga berilayotgan ishonch esa yoshlarning ovozi real qarorlarga aylanishiga xizmat qilmoqda. Yoshlar parlamenti orqali yuzaga chiqayotgan takliflar, fikrlar va tashabbuslar bugungi siyosiy-ijtimoiy hayotimizning muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda. Ayniqsa, qonunchilik tashabbuslari, ochiq eshituvlar, hududiy tashriflar orqali yoshlar jamiyatdagi o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda.

Ushbu platforma nafaqat muammolarni ko‘tarish, balki ularni tizimli hal etish yo‘llarini taklif qilish, fikr almashish, tahlil qilish va jamiyat bilan muloqot o‘rnatish imkonini bermoqda. Bu ishonchga sazovor bo‘lish esa har bir a’zoning bilimiga, mas’uliyatiga va faolligiga bevosita bog‘liq.️ Kelajak yoshlar qo‘lida, deya e’tirof etayotganimizda, ularning qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki, tashabbuslarini eshitish va qo‘llab-quvvatlash ayni haqiqatga aylanishi kerak. Yoshlar parlamenti — ana shu yondashuvning amaldagi ifodasidi

Slide 1 of 1