Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Deputat faoliyatidan

Bugun Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna va “Oybek” MFY yettiligi hamkorligida shu mahalladagi ishlab chiqarish korxonasida targ`ibot tadbiri tashkil etildi. Dastlab korxonada ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning oylik maoshlarini o`z vaqtida berilishi, mavjud ish o`rinlari bo`yicha xotin-qizlar bilan suxbatlashildi. Shundan so`ng deputat M.Berdiqulova yig`ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmonining 2-ilova 27-bandida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun belgilangan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish bo`yicha korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi. Suxbat yakunida “Oybek” MFY yettiligiga o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashib, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojilantirishi, yoshlar va ayollarning manfaatlarini himoya qilishi, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishi kerakligi bo`yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek korxona direktori bilan yana extiyojmand oilalarning a`zolaridan 6 nafarini ishga qabul qilishga kelishildi. 

Slide 1 of 7