Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Oila — hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi, inson kamolotining ilk poydevori bo‘lgan muqaddas maskandir. U milliy qadriyatlar, urf-odatlar, mehr-oqibat va tarbiyaning betakror maktabidir. Shu boisdan, oila qadimdan xalqimizning eng ulug‘, eng muqaddas tushunchalaridan biri sifatida e’zozlab kelinadi.

Boyovut tumanida faoliyat yuritayotgan "Oqila ayollar harakati" a’zolari, jumladan, tuman Kengashi deputati Xalnisa Shayimova, xotin-qizlar faoli F.Abdullayeva, "A.Navoiy" nomidagi Nuroniylar kengashi a’zosi O.Sarimsoqova, mahalla otinoyisi F.Qobilho‘jayevalar tomonidan birgalikda amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida, ajrim yoqasiga kelib qolgan bir oilada o‘zaro tushunmovchiliklarga barham berilib, munosabatlarning mustahkamlanishiga erishildi.

2017-yilda oila qurgan, ikki nafar shirindan-shakar farzandni voyaga yetkazayotgan F.Ismoilov va Sh.Ismoilovalar o‘rtasidagi nizolar hal etilib, oila muqaddasligi saqlab qolindi. Bu ezgu ishda mutasaddi ayollarimiz o‘zining yuksak mas’uliyat va insonparvarlik burchini namoyon etdi.

Bu kabi sa’y-harakatlar har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi va kelajak avlodlar kamoloti uchun zamin yaratadi. Har bir xonadon – bir qal’a. Undagi mehr, tinchlik va totuvlik esa butun jamiyat osoyishtaligining asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Oilalar mustahkamligi abadiy bo‘lsin!

Slide 1 of 3