Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ BESHINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI
🇺🇿 ISLOHOTLARNING NATIJADORLIGI VA HUDUDIY RIVOJLANISHGA YANGI YONDASHUV

 🏗Iqtisodiy o‘sish: 5 oylik natijalar 

Prezident ta’kidlaganidek, joriy yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotida sezilarli o‘sish kuzatildi: 

· Sanoat 6,4 foizga o‘sdi; 

· Eksport 18 foizga oshdi; 

· To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga o‘sib, iqtisodiyotga kuchli turtki berdi; 

· Qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan 2,5 mingdan ziyod yangi sanoat quvvatlari ishga tushirildi; 

· 2 million 400 ming nafar fuqaro daromadli mehnat bilan band bo‘ldi. 

Bu ko‘rsatkichlar amalga oshirilayotgan islohotlarning amalda samara beryotganidan dalolatdir. 

📍 Hududlarda ishlarning borishi– markaziy e’tiborda 

Yig‘ilishda hududiy rahbarlarning faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Prezident barcha darajadagi rahbarlardan mahallalardagi holatni, aholining hayotini amalda o‘rganib, muammolarga aniq еchimlar taklif etishni talab qildi. 

Quyidagi yo‘nalishlarda ishlar kuchaytirilishi belgilab berildi: 

· Yangi ish o‘rinlari yaratish; 

· Qurilish va uy-joy sohasidagi loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish; 

· Qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikni oshirish; 

· Yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash; 

· Mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish. 

📈 Amaliy natijalar – yangi bosqichga olib chiqish uchun asos 

Prezident yig‘ilishda mutasaddi idoralar va hokimliklardan har bir sohadagi ko‘rsatkichlarni qayta tahlil qilish, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni joylarda hal qilishda mas’uliyatni oshirish lozimligini ta’kidladi. 

Har bir hudud uchun iqtisodiy o‘sish drayverlari aniqlanib, mahalliy resurslarni samarali ishga solish orqali yangi imkoniyatlar ochish vazifasi qo‘yildi. 

  ✍️Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Turopova Dilbar Toji qizi  

Slide 1 of 1