Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ BESHINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI
"IQTISODIY O‘SISH, IJTIMOIY BARQARORLIK VA MAS’ULIYAT”.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:

Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida mamlakat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi. Buning uchun mahalliy resurslardan samarali foydalanish, eksport salohiyatini oshirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.

Mahalliy hokimiyat va mutasaddi idoralar mas’uliyatiga ham jiddiy e’tibor qaratildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlarining joylardagi muammolarni aniqlab, ularni samarali hal etish borasidagi mas’uliyati muhokama qilindi. Prezident har bir rahbar o‘z hududida real natija berishga majbur ekanini ta’kidladi.

Ayniqsa tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan bildirilgan fikrlari nafaqat tadbirkorlar uchun balki mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ham dolzarbdir.

Yig‘ilishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay shart-sharoit yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish uchun Prezident ijtimoiy sohadagi islohotlarni jadallashtirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga munosib sharoit yaratish muhim ekanini ta’kidladi. Buning uchun ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish va ularning samaradorligini oshirish vazifalari topshirildi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, videoselektor yig‘ilishi O‘zbekistonning strategik rivojlanish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalar nafaqat iqtisodiy islohotlar, balki ijtimoiy barqarorlik va fuqarolar farovonligiga qaratilganini ko‘rsatadi. Prezidentning qat’iy talab va ko‘rsatmalari orqali mahalliy rahbarlar faoliyatida aniqlik va tub burilish yasaladi.

Surayyo Axmedova,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 1