Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
"Mahalla yettiligi" faoliyati deputat nazoratida.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Shirinov Jondor tumani “Tinchlik”, "Darvishi", "Oxshix" mahallasi yettiligi faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mahallalarda jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasidagi chora-tadbirlar haqida, fuqarolar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy himoya reyestriga kiritish holati, yoshlarni siyosiy faolligini oshirish, “yashil makon” umummilliy loyihasi asosida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga ko‘maklashish, tomarqa yerlaridan samarali foydalanish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan sayyor qabul o‘tkazib, qabulda aholi tomonidan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish va shag‘allashtirish, eskirgan simyog'ochlarni yangilash, hududda aholi tomarqasini sug'orish uchun ariq chiqarishga oid ko‘tarilgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga deputat so‘rovlari chiqarilishini bildirdi.

Deputat hududdagi tashrifi davomida "Darvishi" mahallasida istiqomat qiluvchi Murod Izzatov xonadonida boʼlib, tomarqasidagi 15 sotix er maydonida tashkil qilingan issiqxonadan ancha yillardan beri samarali foydalanib kelayotganligi, issiqxonada kartoshka, pomidor, bodring, koʼkat kabi mahsulotlar etishtirib kelayotganligi bilan tanishib, tadbirkorning muammo va takliflarini eshitdi.


D. Radjabova

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi 

Slide 1 of 10