Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Gʻuzorda deputatlar va faol nuroniylar kambagʻallikni qisqartirishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda

Gʻuzor tumanidagi "Nuroniylar maskani"da 51 ta mahalla fuqarolar yigʻinida "Kambagʻallikdan farovonlik sari" loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan barcha “Uch faol nuroniylar” ishtirokida yigʻilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, "Inson" ijtimoiy yordam ko‘rsatish markazi mutaxassislari, tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari, “Buvijonlar maktabi” raisi va a’zolari, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari hamda faol nuroniylar ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi X.Qahhorov ochib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarga soʻz berdi. Ular kambagʻal oilalarni roʻyxatdan chiqarish tartibi va usullari haqida atroflicha tushuntirish berdi.

Davra suhbati tarzida oʻtgan yigʻilishda savol-javoblar boʻlib oʻtdi, mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Faoliyati yuqori baholangan, namuna boʻla oladigan jamoalarga tashakkurnomalar topshirildi.

Slide 1 of 2