Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
❇️ DEPUTATLIK GURUHINING MANSABDOR ShAXS ESHITUVI

❇️ DEPUTATLIK GURUHINING MANSABDOR ShAXS ESHITUVI

       Farg‘ona tuman hokimligining kichik majlislar zalida O‘zbekiston "Adolat"SDP tuman Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan "Mansabdor shaxs eshituvi" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda "Adolat" SDP deputatlik guruhi a’zolari O.Dadajonova, Sh.Raximov, A.Erkaboev, K.Makarov, O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N.Karimovlar ishtirok etdilar.

            Ushbu mansabdor shaxs eshituvida:

1. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarining mahalliy byudjet ijrosi, tuman solohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalaridan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;

2. Tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida; 

3. Tuman soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy byudjet daromadlarini bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarini aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari eshitildi.

    Yig‘ilish yakunida tuman Kengashi deputatlari mas’ulning joriy yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilish yuzasidan takliflari tasdiqlandi.

Slide 1 of 9