Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Ma'rifiy tadbir

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi
deputatlari S.Ergasheva, K.Muhiddinova hamda K.Shukurov ishtirokida Bekobod
shahar Politexnikumi faollar zalida 3-iyun -
Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tashkil
topgan kun munosabati bilan yoshlar ishtirokida “Milliy tiklanishdan - milliy
qadriyatlar sari” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda deputat S.Ergasheva Vatanimiz ravnaqi,
el-yurt farovonligi va milliy qadriyatlarlarni asrab-avaylash, milliy o‘zlikni
anglash yo‘lidagi barcha ezgu ishlarga hissa qo‘shayotgan “Milliy tiklanish” demokratik
partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va vazifalar haqida fikr
yuritdi.

OʻzMTDP teran milliy ruh va dunyoqarashga ega boʻlgan, ruhan va qalban
vatanparvarlik gʻoyalarini, siyosiy jihatdan oʻz taqdirini oʻzi belgilashga,
oʻz-oʻzini boshqarishga intilayotgan, oʻzligini anglash, milliy birlik va
milliy tiklanishni muhim hayotiy maqsadlari deb ifoda etayotgan fuqarolarning
qarashlari va manfaatlarini birlashtirilishini ta’kidlab o‘tdi.
 

Deputatlar K.Muhiddinova va K.Shukurov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda
ishtirok etgan yoshlar partiya faoliyati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan
savollariga malakali javoblarni oldilar.
  

Slide 1 of 1