Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Hurmatli hamkasblar!

Yaqinda davlatimiz rahbari mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar xalqimiz farovonligini oshirish va milliy iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur yig‘ilishda mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, sanoat klasterlarini shakllantirish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Bunday ustuvor yo‘nalishlar, shubhasiz, hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish va aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Deputat sifatida biz, avvalo, joylarda ushbu vazifalarning samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashishimiz, tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganib, ularga huquqiy va tashkiliy yordam berishimiz lozim. Shuningdek, soha bo‘yicha qonunchilik bazasini takomillashtirish orqali hududiy rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bizning burchimizdir.

Biz mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etib, xalq va davlat o‘rtasidagi mustahkam bog‘lamchi bo‘lib qolishimiz zarur.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Obloqul Isanov

Slide 1 of 1