Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Tibbiyotda islohot davri

🔹Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida tibbiyot sohasida o‘tkazilgan yig‘ilish menda chuqur taassurot qoldirdi. Xususan, birlamchi tibbiy yordamning sifatini oshirish, aholini kasalliklardan erta ogohlantirish, profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar bugungi kunda jamiyatimiz uchun juda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

🔹Yig‘ilishda aytib o‘tilganidek, tibbiy muassasalarda xizmatlar sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va zamonaviy tibbiyot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Bu esa soha rivoji uchun yangi bosqichni boshlab berishi shubhasiz.

🔹Shuningdek, dori vositalarining oqilona va shaffof taqsimoti, aholi uchun ularning shaffof narxlarda yetib borishi, sog‘liqni saqlash tizimidagi samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, tibbiy ta’limni isloh qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish va yangi avlod mutaxassislarini yetishtirish masalasi ham diqqat markazida bo‘ldi.

🔹Xulosa qilib aytganda, mening fikrim Prezidentimiz rahbarligida belgilangan bu ustuvor vazifalar — aholining sog‘lig‘ini asrash, tibbiyotga ishonchni mustahkamlash va sog‘liqni saqlash tizimini mukammal shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardir. Biz, deputatlar ushbu islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimiz va uning amaliy natijasiga hissa qo‘shishimiz lozim.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati O.Babayev