Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Joriy yilning 29-may kuni tuman Kengashi deputati Zafar Alimov hamda viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida tumandagi 23-umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

Tashrif davomida maktab binosida olib borilayotgan qurilish ishlari, xususan, yangi sinf xonalari qurilishi, mavjud inshootlarning ta’miri, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanish holati, xavfsizlik choralarining ko‘rilishi hamda loyiha-smeta hujjatlarining amaldagi ishlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar qurilish ishlari sifatiga alohida e’tibor qaratib, ishlarning belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlanishi zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, o‘quvchilarning zamonaviy va xavfsiz sharoitda ta’lim olishlari uchun barcha zaruriy infratuzilma talablariga rioya etilishi lozimligi uqtirildi.

Mazkur maktabdagi qurilish ishlari hududda ta’lim sifati va qulayligini oshirish, o‘quvchilarning samarali ta’lim olishlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 4