Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Mahalliy sanoat rivoji uchun yangi imkoniyatlar belgilandi

Bugun dunyodagi tebranishlar sharoitida har bir davlat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayapti. Mamlakatimizda to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik ana shunday sohalardir – ularda 1 millionga yaqin aholi ishlamoqda.

Yig‘ilishda mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu boradagi holat tuman va tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, to‘qimachilikda 7 mingga yaqin tadbirkor 500 dan ziyod turdagi mahsulotlar chiqarayapti. Ayrimlari nufuzli brendlarga kiyim-kechak yetkazib berayapti.

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra, nafaqat xalqaro sertifikat olish, balki korxonani bunga moslashtirish xarajati ham qoplab berilishi belgilangan. Bundan foydalanib, imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, har bir viloyatda xalqaro sertifikatga ega korxonalarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari bu borada muhim tashabbusni ilgari surdi. 

O‘zbekistonda Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Unga xorijdan brend-menejer, dizayner, marketologlar jalb etilib, milliy brendlarimizni jahon bozoriga olib chiqishga ko‘maklashiladi. Xalqaro sertifikati bor, raqobatbardosh mahsulotlarga sifat belgisi berilib, dunyoda keng targ‘ib etiladi.

Slide 1 of 1