Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
“MOTAMSARO ONA” HAYKALI POYIGA GULCHAMBARLAR QO‘YILDI

“MOTAMSARO ONA” HAYKALI POYIGA GULCHAMBARLAR QO‘YILDI

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan shahar hokimligi, harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Zero, Motamsaro ona siymosida urushing barcha dardu tashvishlari, mudhish oqibatlari mujassam.

Xotira va Qadrlash kuni bizni ana shu hayotning qadriga yetishga, keksa avlod vakillarini qadrlashga, barcha birdek do‘st va hamkor bo‘lib yashashga daʼvat qiladi.

Shuni aytish joizki Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlangan bosh maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish, tinch-osoyishta yashayotganimizning shukronasini qilishdan iborat.

Bu har qanday kishini maʼnan rag‘batlantiradi, uni yashashga, elu yurtga sadoqat va qatʼiyat bilan xizmat qilishga undaydi. Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.

Slide 1 of 10