Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUVI

 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi vakillari bilan yaqindan muloqot qilish, ularni o‘ylantirayotgan muammolar va takliflarni tinglash, joylardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rishdan iborat bo‘ldi. 

Deputat Qodirov Husniddin Ravshan o‘g‘li o‘z nutqida joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy kengash faoliyati, hududdagi investitsiya, ta’lim, yo‘l qurilishi va boshqa sohalardagi ishlar to‘g‘risida saylovchilarga ma’lumot berdi. Shuningdek, aholi muammolari va talablarini bevosita eshitish hamda ularni tegishli tashkilotlar orqali hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar — ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, maktabdagi shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish kabi muammolar ko‘tarildi. Deputat bu masalalarni nazoratga olishini va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda yechim topishga harakat qilishini ma’lum qildi. 

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Saylovchilar deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatidan mamnun ekanliklarini bildirishdi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati   

Slide 1 of 5