Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar aholi muammolarini o'rganmoqda
янв.21
"Biz zo'ravonlikka qarshimiz"
янв.21
Xalq bilan yelkadosh deputatlarning bir kuni
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengash deputatlari tomonidan sayyor qabuli bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Nurobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Tuxtashev o'rganish ishlari olib bormoqda.
янв.21
Nurobodda Oliy Majlis Qonunchillik palatasi deputatlari o'rganishlar olib bormoqda
O’zLiDeP Margilon shahar Kengashi deputatlari “Yashil makon” tadbirlariga hozirlik ko’rmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 4 apreldagi “Mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yilgan boʼlib, Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlari mahallalarda o’rganishlar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, O’zLiDeP Margilon shahar Kengashi deputatlari O.Axmatshayev, Z.G’ofurova, E.Yunusov, A.Mahkamov va B.Djalilovlar shahardagi Chilonzor, Pichoqchi, A.Navoiy, Mustaqillik va Turon mahallalarida bo’lib, u yerdagi obodonlashtirish ishlarini mahalla yettiligi bilan birgalikda olib bormoqdalar.

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan edi. Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.

O’zLiDeP Margilon shahar Kengashi deputatlari ham “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida hududdagi daraxt ko’chatlarini ekish mumkin bo’gan joylarni aniqlab, “ Yashil makon” tadbirlari uchun shay holatga keltirmoqdalar.

Slide 1 of 5