#19_1_modda
#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida loyihada belgilangan ishlarning amaldagi holati, ta’mirlash ishlarining sifati, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va loyiha ijrosini sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|