35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq bilan muloqot va huquqiy savodxonlik: Deputat A.Hakimov “Amir Temur” mahallasida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
янв.21
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA DEPUTAT NAZORATI: MEHNATKASH MAHALLASIDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Kelajak bunyodkorlariga g‘amxo‘rlik: Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
янв.21
Deputatlar nazoratida: Sarikulda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari qonunchiligi ijrosi o‘rganildi
янв.21
18-Bunyodkor saylov okrugida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLLADA: AHOLI MUAMMOLARI BEVOSITA XONADONBAY O‘RGANILDI
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR E’TIBORIDA 🚀

Yunusobod tumani Kengashi deputati O. Eshonxodjayevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Alieva tomonidan “Jomiy” mahallasidagi Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

👉O‘rganish davomida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar bilan tanishildi.

📝Shuningdek, yoshlar va kutubxona xodimlari uchun ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, tahliliy ma’lumotlar va taqdimotlar tayyorlash, raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tashkil etilayotgan mahorat darslariga e’tibor qaratildi.

✅Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududdagi kutubxona faoliyati, uning moddiy-texnik holati hamda yoshlar uchun yaratilgan madaniy-ma’rifiy va zamonaviy imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida amalga oshirildi.

✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi uchun mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish va kutubxona faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar shakllantiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3