35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

💧 Saylovchilar murojaati asosida amaliy choralar ko‘rilmoqda


📍 Sherobod tumani “Boyqishloq” mahallasida deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi davomida fuqaro G.Javliyeva tomonidan “Bog‘ishamol” qishlog‘idagi muammo yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🌊 Murojaatda aytilishicha, yaqin hududdagi fermer xo‘jaliklari dalalarida kechki vaqtlarda suvdan me’yoridan ortiq foydalanish oqibatida ariqlardan suv toshib chiqishi va natijada xonadonlarga suv kirib, noqulayliklar keltirib chiqarayotgani bildirilgan.
📌 Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Tursunov Otabek Tojiyevich tomonidan Sherobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari N.Karimov nomiga deputatlik so‘rovi kiritildi.
🔎 Deputatlik so‘rovida:
✅ holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish;
✅ suvdan foydalanishda belgilangan me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash;
✅ xonadonlarga suv toshib kirishining oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
✅ amalga oshirilgan ishlar haqida belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
🤝 Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etishda muhim vositadir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3