35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisining deputat sifatida navbatdagi uchrashuvi “Navro'z” mahallasida bo‘lib o’tdi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisining deputat sifatida navbatdagi uchrashuvi “Navro'z” mahallasida bo‘lib o’tdi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-Navro'z saylov okrugidan saylangan deputat Erkin Jurayevning “Navro'z” mahallasidagi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda deputatning 2026-yilning dastlabki olti oyidagi faoliyati yuzasidan hisoboti taqdim etildi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va bunyodkorlik borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Fuqarolar tomonidan ichimlik suvini yaxshilash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, elektr ta'minotini yaxshilash kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi imkoniyat va imtiyozlar to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning savollariga deputat tomonidan javoblar berilib, ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar beligilanib, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 7