35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaat_daftari 🗣Xotin-qizlar huquqlari himoyasi — deputatlik nazorati markazida

💬Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurovlar hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatini tahlil qildi.

💬O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.
🔹 Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish
Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki bunday holatga tushish xavfi mavjud bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash, ular bilan individual ishlash hamda zarur hollarda himoya orderini rasmiylashtirish borasidagi ishlar o‘rganildi.
Bunda xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori o‘rtasidagi hamkorlik, muammoli vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Nizoli va notinch oilalar bilan manzilli ishlash
Ajrim yoqasiga kelib qolgan, oilaviy nizolar kuzatilayotgan hamda ijtimoiy jihatdan muammoli xonadonlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Oilalarni sog‘lomlashtirish, nizolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, yarashtirish choralarini ko‘rish va oilaviy muhitni barqarorlashtirish borasidagi yondashuvlar muhokama qilindi.
🔹 Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
“Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ehtiyojmand ayollarga psixologik, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish holatiga ham e’tibor qaratildi.
📋 Deputat murojaatlari ham ko‘rib chiqildi
O‘rganish davomida deputatning murojaat daftariga qayd etilgan murojaatlar ham ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan masalalarning dolzarbligi va yechimini kutayotgan muammolar tahlil qilindi.
Aniqlangan dolzarb muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilab olindi.