35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq bilan muloqot va huquqiy savodxonlik: Deputat A.Hakimov “Amir Temur” mahallasida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
янв.21
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA DEPUTAT NAZORATI: MEHNATKASH MAHALLASIDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Kelajak bunyodkorlariga g‘amxo‘rlik: Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
янв.21
Deputatlar nazoratida: Sarikulda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari qonunchiligi ijrosi o‘rganildi
янв.21
18-Bunyodkor saylov okrugida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLLADA: AHOLI MUAMMOLARI BEVOSITA XONADONBAY O‘RGANILDI
Deputat nazorati: “Toza hudud” faoliyati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumandagi sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan deputat nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Eliboyev tomonidan Oshiq Ota mahallasida o‘rganish ishlari tashkil etildi.

O‘rganish davomida hududning sanitariya holati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish jarayonlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, sohada samaradorlikni oshirish bo‘yicha choralar belgilanadi.  

Slide 1 of 3