35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq bilan muloqot va huquqiy savodxonlik: Deputat A.Hakimov “Amir Temur” mahallasida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
янв.21
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA DEPUTAT NAZORATI: MEHNATKASH MAHALLASIDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Kelajak bunyodkorlariga g‘amxo‘rlik: Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
янв.21
Deputatlar nazoratida: Sarikulda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari qonunchiligi ijrosi o‘rganildi
янв.21
18-Bunyodkor saylov okrugida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLLADA: AHOLI MUAMMOLARI BEVOSITA XONADONBAY O‘RGANILDI
Temir darvoza mahallasida PQ-141-sonli qaror ijrosi doirasida yo‘l qurilishi o‘rganildi

Temir darvoza mahallasida PQ-141-sonli qaror ijrosi doirasida yo‘l qurilishi o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekova, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Temir Darvoza mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan yo‘l qurilish ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilgan ishlar sifati, loyihada belgilangan talablarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan muloqot qilinib, yo‘l qurilishi yuzasidan ularning fikr va takliflari tinglandi.

✅Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiya va takliflar bildirildi hamda mazkur qaror ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori asosida 12 km asfalt yotqizish ishlari nazarda tutilgan bo‘lib, 7890 metr ish bjarilgan.

Slide 1 of 3