35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Qorako‘l mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 23-"Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevlar hamda tuman hokimi X.Isaqov bilan birgalikda "Qorako‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalar daromadini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, "Mustaqillik" ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.Tojimatov tomonidan go‘sht yo‘nalishida chorvachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani o‘rganildi. Hozirda xo‘jalikda 120 bosh qora mol parvarish qilinib, ushbu loyiha uchun 3 milliard so‘m investitsiya yo‘naltirilgan. Natijada 7 ta yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3