35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Chinorbuloq” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yilida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, isitish uskunalari va qozonxonalarining texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlar yaratilganligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari reja asosida olib borilayotgani aniqlandi. Maktab qozonxonalari foydalanishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, yong‘in xavfsizligi vositalari va zarur anjomlar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.O‘rganish yakunida maktabning yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 5