35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishida sifat va obodonlashtirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov “Shamchiroq” MFY 12-Ashxabat saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

🏗 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha talablariga rioya etilishi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan mutaxassislar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

🛣 Ayniqsa, asfalt qoplamalarini ehtiyotkorlik bilan kesib olish, qazish ishlari yakunlangach buzilgan yo‘l va piyodalar yo‘laklarini sifatli tiklash, qazish jarayonida chiqqan qum va tuproqni hududda qoldirmaslik, ularni o‘z vaqtida olib chiqish hamda chang-to‘zon ko‘tarilishining oldini olish maqsadida rekultivatsiya (tiklash) ishlarini belgilangan me’yorlar asosida bajarish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, qurilish ishlari davomida aholi uchun yuzaga keladigan noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish va obodonlashtirish ishlarini qurilish bilan bir vaqtda olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📄 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar hamda bildirilgan tavsiyalar yuzasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisiga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi

Slide 1 of 7