35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
📌 Saylovchilar murojaati amaliy yechim topmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna topshirig‘iga asosan “Xalqlar do‘stligi” MFY hududidagi Toshkent ko‘chasi (sobiq Seytmuratov ko‘chasi) bo‘yida olib borilayotgan irrigatsiya ishlari bilan joyida tanishdi.

💧 O‘rganish davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan aholi tomorqa yerlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi ariq qazish ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.

🤝 Mazkur masala deputatning saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb murojaatlardan biri bo‘lib, bugungi kunda uning amaliy yechimi ta’minlanmoqda.

🌱 Yangi irrigatsiya tarmog‘ining barpo etilishi tomorqa yerlardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda aholi daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar umumlashtirilib, deputatga taqdim etishi belgilandi.

📍 Fuqarolar murojaatlarini amaliy natijaga aylantirish va ularning ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 3