35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Xususan, fuqaro D.Davronov tomonidan Yangi obod ATXning 118, 119, 120 va 121-ko‘p qavatli uylariga xizmat ko‘rsatuvchi BSK faoliyati yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaatda xizmat ko‘rsatish sifati talab darajasida emasligi, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (faye) hamda old qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mazkur murojaat o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aholi fikrlari tinglandi hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so'rovi yuborilishi borasida kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4