35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq bilan muloqot va huquqiy savodxonlik: Deputat A.Hakimov “Amir Temur” mahallasida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
янв.21
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA DEPUTAT NAZORATI: MEHNATKASH MAHALLASIDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Kelajak bunyodkorlariga g‘amxo‘rlik: Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
янв.21
Deputatlar nazoratida: Sarikulda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari qonunchiligi ijrosi o‘rganildi
янв.21
18-Bunyodkor saylov okrugida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLLADA: AHOLI MUAMMOLARI BEVOSITA XONADONBAY O‘RGANILDI
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi

“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirovlar tomonidan 9-Muruvvat saylov okrugi hududidagi Muruvvat mahallasida amalga oshirilayotgan “G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bog‘ hududida olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qurilish ishlarining sifati hamda belgilangan loyiha talablari asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
“G‘alaba bog‘i”ning barpo etilishi hudud aholisiga zamonaviy, obod va qulay dam olish maskani yaratish, fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, qurilish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1