35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq bilan muloqot va huquqiy savodxonlik: Deputat A.Hakimov “Amir Temur” mahallasida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
янв.21
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA DEPUTAT NAZORATI: MEHNATKASH MAHALLASIDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Kelajak bunyodkorlariga g‘amxo‘rlik: Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
янв.21
Deputatlar nazoratida: Sarikulda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari qonunchiligi ijrosi o‘rganildi
янв.21
18-Bunyodkor saylov okrugida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLLADA: AHOLI MUAMMOLARI BEVOSITA XONADONBAY O‘RGANILDI
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oybek” mahallasida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.O‘rganish ishlari mahalla hududini bevosita ko‘zdan kechirish,ko‘chalar bo‘ylab yurish hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqot qilish orqali tashkil etildi. Jarayon davomida hududdagi mavjud vaziyat, fuqarolarni tashvishga solayotgan muammolar hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning natijadorligi joyida ko‘rib chiqildi.Shuningdek, mahalla profilaktika inspektori I.Xolovning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashildi.Ta’kidlanganidek, mahalla hududida fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va “Xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga samarali tatbiq etish maqsadida 68 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.O‘rganish davomida hududda xavfsizlikni ta’minlash choralarini yanada kuchaytirish, videokuzatuv kameralarining qamrovini kengaytirish, zarurat mavjud bo‘lgan nuqtalarga qo‘shimcha kameralar o‘rnatish, shuningdek, odamlar kam yuradigan va chekka hududlarni tungi yoritish moslamalari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surildi.Yakunda mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, xavf omillarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, aholi uchun xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi.  

Slide 1 of 5