35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Lola Rustamova tomonidan tuman sog‘liqni saqlash tizimining joriy yildagi faoliyati yuzasidan hisobot eshitildi.

✔️Hisobotda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, profilaktik tibbiy ko‘riklar, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari, kadrlar salohiyati hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

✔️Muhokamalar davomida sohada mavjud muammolar, jumladan, ayrim oilaviy poliklinikalarni qayta qurish va ta’mirlash, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, markazlashgan laboratoriya xizmatini tashkil etish hamda kadrlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda mazkur hisobotni Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 2