35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
янв.21
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
“Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonun — hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligining huquqiy kafolati

O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-397-sonli “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir) veterinariya sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, hayvonlar salomatligini muhofaza qilish hamda veterinariya xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi hayvonlar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va xavfli kasalliklarning oldini olish, epizootik barqarorlikni ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish hamda inson salomatligi va atrof-muhitni himoya qilishdan iborat.

Qonunga muvofiq fuqarolar veterinariya xizmatlaridan foydalanish, hayvonlar kasalliklari va ularning oldini olish bo‘yicha ishonchli axborot olish, xavfsiz chorvachilik mahsulotlarini iste’mol qilish hamda o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.

Veterinariya organlari zimmasiga esa hayvonlar salomatligini muhofaza qilish, veterinariya-sanitariya nazoratini amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, aholini veterinariya tadbirlari haqida xabardor qilish hamda sohaga malakali kadrlar tayyorlash kabi muhim vazifalar yuklatilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi