Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 14-Xamza saylov okrugi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Avazov komissiya a'zolari bilan birgalikda Mingchinor mahallasida aholi tomorqalariga oqar suv yetkazib berish holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida sug‘orish tarmoqlarining holati, suv taqsimoti hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi "Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi O‘RQ–681-son Qonuni ijrosini ta'minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va ularni suv bilan ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.