35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan maktabdagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
G‘ayrat mahallasida kompleks obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, “G‘ayrat” MFY hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda kommunal soha mutaxassislari tomonidan 34–36-sonli ko‘p qavatli uylarning elektr, gaz hamda internet tarmoqlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, tartibsiz va noo‘rin joylashgan tarmoqlar markazlashtirilib, xavfsiz hamda tartibli holatga keltirilmoqda.

Hududda do‘mliklar tekislanib, yashil maydonlarni barpo etish maqsadida beton bordyurlar quyilmoqda. Obodonlashtirish ishlari doirasida archa, rayhon va turli manzarali gul ko‘chatlari ekilib, mahalla yanada fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.

Avvalgi lavhamiz: https://t.me/Andijon_shahar_kengashi/2386?single

Slide 1 of 7