35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan maktabdagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi sifatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan muassasa faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 PREZIDENT TOPSHIRIQLARI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati K.Xakimova tomonidan "Ko‘rkam diyor" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma loyihalari hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish, "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarning ijro holatiga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4