35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand
янв.21
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan maktabdagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌿 Mahallani obod etish — barchamizning umumiy mas'uliyatimiz

🏛 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan "Xo‘jgi" mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mavjud masalalar deputatlar nazoratiga olindi.

🌱 Shuningdek, 2026-yil – "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🇺🇿 Muloqot davomida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" g‘oyasi ostida munosib kutib olish maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ularda har bir fuqaroning faol ishtiroki va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.

✅ Obod va farovon mahalla — aholi birdamligi, hamjihatligi va faol fuqarolik pozitsiyasi samarasidir. Bu boradagi targ‘ibot-tashviqot hamda amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6