35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi
янв.21
Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan maktabdagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi sifatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan muassasa faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiyada tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich, tuman va viloyat Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari,tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Sessiya “Parkent T. Deputatlar Kengashi” Facebook sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi.Sessiya kun tartibiga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash,jamoat xavfsizligini ta’minlash, yoshlar siyosati, ekologiya, soliq, yer munosabatlari hamda amaldagi qonunchilik ijrosiga oid dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qarori ijrosi yuzasidan axborot tinglandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Sessiya davomida Parkent tumaning budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, 2026-yilning birinchi va ikkinchi choraklari yakunlari bo‘yicha mahalliy budjet ijrosi,budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli hisobotlar eshitildi.Kun tartibidan, shuningdek, tumanda 2026-yilning
birinchi yarim yilligida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish masalalari ham o‘rin oldi.Yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida bajarilgan ishlar hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan hisobotlar deputatlar e’tiboriga havola etildi.Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan taklif hamda mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlar aniq vazifalarni
belgilab oldilar.Har bir masala bo‘yicha tegishli doimiy komissiyalar tomonidan tayyorlangan xulosalar sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi hamda muhokama qilindi.Savol-javoblarga boy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 10