35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi sifatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan muassasa faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar oldi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan “Toza hudud” DUK faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 6-Quyosh saylov okrugidan saylangan deputat Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Kichikqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida deputat mahalladagi ijtimoiy xodim Narimonov Elshodbek Zamon o‘g‘lining faoliyati bilan yaqindan tanishib, yolg‘iz yashovchi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va boshqa ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, samaradorligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tahlil qildi.O‘rganish davomida joriy yil mobaynida 15 ta ehtiyojmand xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 1 ta xonadonga kiyim-kechak yetkazib berilgani, shuningdek, 7 nafar fuqaroga tabiiy gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya ajratilgani ma’lum qilindi.Shuningdek, mahallada 83 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro, 15 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs, 3 ta kambag‘allik chegarasidagi hamda 48 ta kambag‘al oila mavjudligi qayd etilib, ular bilan olib borilayotgan individual ijtimoiy ishlar holati ham ko‘rib chiqildi.Bundan tashqari, joriy yil davomida 2 nafar fuqaroga davolanish uchun tavsiyanomalar rasmiylashtirilgani, 8 nafar fuqaro protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlangani, shuningdek, 3 nafar nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli fuqaroning doimiy ish bilan bandligi ta’minlangani alohida e’tirof etildi.O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim tomonidan faoliyat davomida uchrayotgan muammolar va mavjud ehtiyojlar yuzasidan takliflar bildirildi.Deputat tomonidan ushbu masalalar atroflicha tahlil qilinib tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda ijrosini deputatlik nazoratida ushlab borish belgilab olindi.  

Slide 1 of 4