35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi sifatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan muassasa faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar oldi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan “Toza hudud” DUK faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tumanning “Bunyodkor” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi S.Xalikulova va mahalla bankiri faoliyati bilan tanishdi.

🔺O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromadini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Mahalla bankiri faoliyati doirasida esa aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, imtiyozli kreditlar ajratish, oilaviy tadbirkorlik dasturlari asosida loyihalarni moliyalashtirish, kredit mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔺Deputat tomonidan mas’ullar bilan muloqot davomida aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, har bir murojaat yuzasidan aniq natijaga erishish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kredit mablag‘larining samarali o‘zlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1