Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📖 To‘garaklar faoliyati bilan tanishildi, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov "Oyinli" mahallasi hududida joylashgan 40-son umumiy ta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬 Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning qiziqishlari, erishayotgan yutuqlari hamda kelgusidagi maqsadlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, sport va fan to‘garaklarida faol ishtirok etishga undash, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌟 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuv va tadbirlar yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni bilim olish, ijod va sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4