Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
#162_ta_Qonun #Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #TashkilotVaDeputatHamkorligi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🏛️Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati S.Xodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida Termiz shahar Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

💬Ushbu o‘rganish shunchaki rasmiy uchrashuv emas, balki sohadagi eng muhim ikki qonunning joylardagi real ijrosini tahlil qilishga qaratildi:

📄O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” 2017-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-443-sonli Qonuni talablaridan kelib chiqib, quyidagilar ko‘rib chiqildi:

🟢Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

🟢Yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyatini oddiy fuqarolarga, ayniqsa, mahallalarda “xonadonbay” yetkazish tizimi;

🟢Davlat organlarida huquqiy axborotdan foydalanish va uni tushuntirish darajasi.

📄O‘zbekiston Respublikasining dagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-848-sonli Qonuni talablari asosida quyidagilar tahlil qilindi:

🟢Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda qonunda belgilangan boshqa toifadagi fuqarolarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam (shu jumladan, advokat xizmati) ko‘rsatish tizimining shaffofligi;

🟢Fuqarolarning ushbu tizim orqali huquqiy himoyaga ega bo‘lish imkoniyatlari hamda murojaatlarning adolatli ko‘rib chiqilishi;

🟢Sohada inson omili va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida axborot tizimlarining (elektron platformalarning) yo‘lga qo‘yilishi holati.

🫥Muloqot davomida mas'ullar adliya organlari nafaqat davlat idoralari hujjatlarini ro‘yxatga oluvchi, balki oddiy xalqning huquqiy qalqoniga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

💬 "Aholiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish — ijtimoiy adolatning eng muhim mezonidir. Har bir muhtoj fuqaro puli yoki tanishi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, o‘z vaqtida professional huquqiy yordam olishi, qonunlarni o‘z tilida tushunishi shart. Adliya bo‘limi ushbu ikki qonun ijrosini har bir mahallada amalda ta’minlashi lozim," — dedi Kengash raisi.