Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
🩺🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish olib borildi

📖 O‘zbekiston Respublikasining **2007-yil 3-maydagi O‘RQ-97-son "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"**gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati G‘.Ollamov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan deputatning saylov okrugidagi Bo‘yrachi va Bog‘bon mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
👩‍⚕️ O‘rganishda Shovot tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-son oilaviy poliklinika hamshiralari bilan birgalikda aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish, yodlangan osh tuzidan foydalanishning ahamiyati yuzasidan olib borilayotgan profilaktik va tushuntirish ishlari o‘rganildi.
🏠 Xonadonlarda yodlangan osh tuzidan foydalanish holati, aholining bu boradagi xabardorligi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan berilayotgan tavsiyalar tahlil qilindi.
📌 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Aholi salomatligini mustahkamlash, yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hamda qonun ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5