Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 9-"Abdulla Avloniy" saylov okrugidan saylangan deputati D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov , Kengash deputati S.Xodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirokida Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosi maxsus ishlab chiqilgan savolnomalar asosida tahlil qilindi. Jumladan:
✅ O‘zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"**gi Qonuni (O‘RQ–595);
✅ O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–637);
✅ O‘zbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"**gi Qonuni (O‘RQ–901).
💬 Savolnomalar orqali maktabgacha va umumiy o‘rta ta'lim tizimida qonun talablarining ijrosi, bolalarni ta'lim bilan qamrab olish, ta'lim sifati, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, inklyuziv ta'lim, moddiy-texnik baza, korrupsiyaning oldini olish, ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlik, murojaatlar bilan ishlash hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar olindi.
🔍 Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, qonunlar ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, qonunlar ijrosini ta'minlash ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari izchil davom ettirilmoqda.