Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar


Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-28-69-2-208-K/26-sonli qaroriga muvofiq Turkiston MFY hududidagi ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, hudud deputati J. To‘rayev hamda mas’ul mutaxassis Z. Temirova tomonidan o‘rganildi.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida belgilangan ko‘chalarda asfalt qoplamasi yotqizildi va yo‘l infratuzilmasi yangilandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud aholisi uchun transport harakati sezilarli darajada yengillashdi, piyodalar va avtomobillar harakati uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratildi.

Mahalla fuqarolari bajarilgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, uzoq yillardan buyon kutilgan ushbu obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganini minnatdorchilik bilan qayd etdilar. Aholi tomonidan yo‘llarning sifatli asfaltlanishi mahalla ko‘rkini oshirganligi, chang va loy muammolarining bartaraf etilganligi alohida e’tirof etildi.

Mahalla fuqarolari bajarilgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, uzoq yillardan buyon kutilgan ushbu obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganini minnatdorchilik bilan qayd etdilar. Aholi tomonidan yo‘llarning sifatli asfaltlanishi mahalla ko‘rkini oshirganligi, chang va loy muammolarining bartaraf etilganligi alohida e’tirof etildi.

Kengash qarorining o‘z vaqtida ijro etilishi mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilib, fuqarolarda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3